Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Kengash_faoliyati

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev tomonidan “Bektepa” mahallasida joylashgan 3-sonli texnikumida 24 ta tavsiya asosida xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida tumanda xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan batafsil tanishildi. Shuningdek, bu yo‘nalishda yaratilgan shart-sharoitlar va ularning samaradorligi ham o‘rganildi.

🪡 Xususan, 3-sonli texnikum binosining 1-qavatida xotin-qizlar uchun tikuvchilik bilan shug‘ullanishlari uchun zarur sharoit yaratilgani aniqlandi. Bu yerda tikuv mashinalari, zarur jihozlar va ish jarayonini samarali tashkil etish uchun qulay ish muhiti shakllantirilgan bo‘lib, xotin-qizlar o‘z hunarlarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘lmoqda.

🤝 Mazkur tashabbus xotin-qizlarning kasb egallashi, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi hamda oilaviy byudjetini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish va ijtimoiy hayotga kengroq jalb etilishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

📌 Kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kengaytirish, qo‘shimcha o‘quv kurslarini tashkil etish hamda ko‘proq xotin-qizlarni qamrab olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3