Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#Ish_reja_

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Kamola Qosimova o‘z saylov okrugidagi “Qo‘rg‘oncha” mahallasida fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaat va muammolarini xonadonma-xonadon o‘rganib chiqdi.
O‘rganishlar davomida moddiy yordam, bolalar nafaqasi, elektr energiyasi ta’minoti, ichki yo‘llar holati, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglandi.
Mazkur masalalar tegishli mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Murojaatlarning ijrosini ta’minlash hamda fuqarolar muammolariga yechim topish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib boriladigan bo‘ldi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3