Oltiariqlik tadbirkor yuzlab ish o‘rni yaratmoqda
Oltiariq tumani Katput mahallasida yashovchi Muhiddin A’zamov tinib tinchimas, yangilikdan cho‘chimaydigan tadbirkorlardan. U tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya va tadbirkorlik loyihalari natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholi bandligini ta’minlash hamda hudud iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Mazkur loyihalarni amalga oshirishda xitoylik investorlar va mutaxassislar bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Jumayev investitziya dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi.