Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi raisi hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida tumandagi 23-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
Jarayonda bitiruvchi yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga qamrovini oshirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda kelajak rejalari yuzasidan suhbatlar tashkil etildi.
Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi M.Rustamovaning faoliyati muhokama qilinib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha tavsiya va takliflar bildirildi.
📌 Uchrashuv davomida yoshlarni ta’limga keng jalb etish, ularning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook