🏅Bugun xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi Ekologik partiya deputati Ye.Surmilova tomonidan “Mashʼal” mahalla fuqarolar yigʻinida navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi.
📝Mazkur oʻrganishlar Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, joylarda aholi muammolarini tinglash hamda samarali deputatlik nazoratini oʻrnatish maqsadida tashkil etildi.
📊 Maʼlumot oʻrnida: bugungi kunda “Mashʼal” mahallasida 7 438 nafar aholi istiqomat qiladi.
Oʻrganish davomida mahalla ahlining yashash sharoitlari va hududdagi mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha taklif va murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olindi.
💬 "Xalq qabulxonalari va joylardagi uchrashuvlar — xalq bilan muloqotning eng samarali usulidir. Maqsadimiz — har bir fuqaroning dardu tashvishiga quloq tutish va ularga amaliy koʻmak berish", — deydi deputat Ye. Surmilova.