Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini binosi rekonstruksiya qilinishi o‘rganildi

Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini binosi rekonstruksiya qilinishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valeryevna tomonidan Navoiy shahrida belgilangan dasturga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahalliy infratuzilmani rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish va “Ochiq budjet” jarayonlarini keng joriy etishga qaratilgan tegishli qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlari, binoning holati hamda fuqarolar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur bino O‘zbekiston Respublikasida mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada yaxshilashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi doirasida to‘liq ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishga keltirilgani qayd etildi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun zarur infratuzilma yaratilganligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1