Жаңалықлар

Hududdagi dolzarb masalalar o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Dj. Shaxmayev, kotibiyat mudiri Q. Bobojonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov Guliston mahallasida joylashgan 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordilar.

O‘rganish jarayonida muassasaning faoliyati, mavjud shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishga oid masalalar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, sessiyada muhokama etilishi belgilandi.

✅ Aholi manfaatlari va farovonligi yo‘lida tizimli ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 6