Жаңалықлар

#Deputat faoilayati

🚌 Nurafshonda jamoat transporti va bekatlar holati tahlil qilindi.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati K.Umarboyev tomonidan shahardagi #jamoat_transporti tizimi va yo‘lovchilarga yaratilgan sharoitlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Monitoring jarayonida quyidagi masalalarga asosiy e’tibor qaratildi:

🔹Avtobuslarning belgilangan jadval asosida harakatlanishi va yo‘nalishlar oralig‘idagi vaqt intervallariga rioya etilishi;
🔹Avtobus bekatlarining sanitar holati, yo‘lovchilar uchun o‘rindiqlar va soyabonlarning mavjudligi;
🔹Chipta va elektron to‘lov tizimlarining (ATTO) ishlash holati hamda yo‘lovchilar uchun yaratilgan qulayliklar.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bekatlarni zamonaviy talablar asosida tartibga keltirish va jamoat transporti qatnovini yanada takomillashtirish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mas'ul mutaxassis I.Omonboyev

Slide 1 of 3