Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

“Dolzarb 90 kunlik” doirasida yoshlar bandligi va sportga e’tibor

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati M.Yarashov “Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi doirasida 10-son maktabda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida olib borilayotgan sport mashg‘ulotlari jarayoni bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, ularning sportdagi yutuqlari, kelgusidagi rejalari va takliflari tinglandi. Deputat yoshlarning fikrlarini qo‘llab-quvvatlab, bildirilgan takliflar yuzasidan mas’ullar bilan hamkorlikda ish olib borilishini ta’kidladi. 🇺🇿