Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

“DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDA YOZGI OROMGOH FAOLIYATI O‘RGANILDI

Yozgi ta’til davrida bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi, bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish hamda sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishi uchun yaratilgan sharoitlar O‘zbekiston Ekologik partiyasi Yunusobod tuman partiya tashkiloti raisi, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Natalya Voropayeva tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalardan kelib chiqib amalga oshirildi.

O‘rganish davomida bolalarning to‘laqonli dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar, sport va ijodiy mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, intellektual hamda sport to‘garaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning yozgi ta’til vaqtida nazoratsiz qolishining oldini olish, ularning qiziqish va iste’dodlarini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan oromgoh faoliyatini yanada takomillashtirish, mashg‘ulotlar qamrovini oshirish hamda bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni mustahkamlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Yunusobod tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli, foydali va samarali tashkil etish ishlari davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4