Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan batafsil ma'lumot taqdim etildi

Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan batafsil ma'lumot taqdim etildi

📝 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Xudayberganov Avaz Abrarovich tomonidan 2026-yil 18-iyun kuni yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

🗣 Mazkur javobda Uchtepa tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-son qarori, 2026-yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tasdiqlangan manzilli dastur asosida Zarafshon, Navo, Istirohat, Samarbonu, Foziltepa, Uchtepa, Ibrat, Dilnavo, Sh.Somiy, M.Qashqariy, Qoryog‘di, Yakdil, Peshqadam, Saodat, Mahorat, To‘qimachi 2-tor va boshqa ko‘chalarda joriy ta’mirlash hamda asfalt qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirilganligi haqida ma'lumot berilgan.

↗️ Shuningdek, O‘rikzor ko‘chasi, Aeratsiya (Poygoh), Shirin ko‘chasi (25-mavze ASHB ko‘chasi) hamda Qovunchi ko‘chasida ta’mirlash ishlari davom ettirilayotganligi hamda manzilli dasturda nazarda tutilgan ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari joriy yilning sentabr oyiga qadar yakunlanishi rejalashtirilganligini ma’lum qilingan.

✅ Belgilangan reja asosida amalga oshirilgan ishlar ro'yxat asosida taqdim qilingan hamda manzilli dasturda nazarda tutilgan qolgan ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari belgilangan muddat ichida to‘liq amalga oshirilishi bildirilgan.

Slide 1 of 4