Жаңалықлар

Deputatlik so‘rovi qanoatlantirildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Kim Marina Melisovna tomonidan 18-Guliston saylov okrugi Guliston mahallasida joylashgan bolalar maydonchasining holati yuzasidan saylovchilar murojaatlari asosida tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

✉️ Mazkur deputatlik so‘rovi yuzasidan O‘zbekiston Mahallalari uyushmasining Chilonzor tumani bo‘limi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

✔️ Unda qayd etilishicha, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaliy choralar ko‘rilgan. Xususan, bolalar maydonchasi hududi chiqindilardan tozalangan, sport inventarlari o‘rnatilgan hamda maydonchadagi panjaralar va boshqa jihozlar to‘liq bo‘yalgan.

✔️ Shuningdek, bolalar maydonchasini zamonaviy sun’iy qoplama (sun’iy gazon) bilan jihozlash maqsadida yangi tender e’lon qilingani hamda ushbu ishlarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli tashkiliy choralar ko‘rilayotgani ma’lum qilingan.

⬇️ Shu tariqa, deputat tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi qanoatlantirilib, murojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaliy ishlar boshlandi. Hududdagi obodonlashtirish va maydonchani to‘liq foydalanishga topshirish ishlari deputat nazoratida davom etmoqda.

Slide 1 of 5