Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Bolalarning mazmunli ta'tili — doimiy e'tibor markazida



✨Zangiota tumani Kengashining 13-saylov okrugi deputati A.Qudaybergenova hamda 14-saylov okrugi deputati Z.Nazarov Farobiy MFY hududidagi 8-maktabda yozgi sog'lomlashtirish maydonchasiga tashrif buyurdilar.

✨Tashrif davomida bolalar uchun yaratilgan zamonaviy va xavfsiz shart-sharoitlar, tibbiyot xonasi, sport-sog'lomlashtirish maydonchalari, ma'naviy-ma'rifiy hamda qiziqishlarga yo'naltirilgan to'garaklar faoliyati atroflicha o'rganildi.

✨Yosh avlodning yozgi ta'tilni mazmunli va samarali o'tkazishi, ularning salomatligi, xavfsizligi hamda bo'sh vaqtlarini to'g'ri tashkil etish masalalari yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

📌Bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada takomillashtirish hamda sog'lomlashtirish maydonchasi faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 7