Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo'nalishlari asosida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi

Uzun tumanida Kengash kotibiyati mudiri Sh.Boyqulovning kunlik Ish rejasi hamda deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo'nalishlari asosida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi

48-Uzun saylov okrugi deputati Muyassar Qodirova okrugiga qarashli Uzun tumanining "Mexnat" mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri olib borildi.

Mazkur jarayonda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat mudiri Sherpo'lat Boyqulov, tuman Kengashi deputatlari, hamda mahalla mas'ullari ishtirok etdi.

Tadbir davomida mahalladagi amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari hamda mavjud muammolar o'rganildi. Jumladan, xavfsizlikni ta'minlash maqsadida mahalla hududida o'rnatilgan kameralar, quyosh panellari yordamida tungi yoritgich chiroqlari, piyodalar yo'lakchasi hamda zamonaviy betonlashtirilgan ariqlar holati ko'zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla yettiligining amalga oshirayotgan ishlari muhokama qilindi. Mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.