Hududlardagi tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati M.Mamurjonova, kotibiyat xodimi Sh.Ergasheva hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi xodimi G.Nurboboyevalar hamkorlikda 16-“Obod yurt” okrugidagi Oila shifokorlik punktlari (OSHP) faoliyatini ko‘zdan kechirishdi.
Muloqot va o‘rganishlar davomida shifokorlarning ish tartibi, bemorlarga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati hamda muassasalardagi ma’naviy muhit tahlil qilindi.
Maqsad bitta — aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish va har bir fuqaroning salomatligini munosib muhofaza qilish!