Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Prokuratura organlari faoliyati yuzasidan axborotlarni eshitish — qonun ustuvorligining muhim omili


⚖️ Prokuratura organlari faoliyati yuzasidan axborotlarni eshitish — qonun ustuvorligining muhim omili

2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (257-II-son) prokuratura organlarining vazifalari, vakolatlari va faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi.

📌 Qonunga muvofiq, prokuratura organlari qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiladi hamda davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qiladi.

👥 Mahalliy Kengash sessiyalarida hududdagi qonuniylik holati, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida prokuratura organlari rahbarlarining axborotlari eshitiladi, deputatlar tomonidan taklif va tavsiyalar bildiriladi.

📖 Qonun ustuvorligi — adolat va taraqqiyot garovi!