Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 8–12-iyun kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasiga muvofiq, hududlarda ichimlik suvi ta’minoti, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik hamda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganishlar davomida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash holati, sanitariya talablari ijrosi hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bilan bog‘liq masalalar tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
📍 Aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar mas’ul tashkilotlarga kiritildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram