Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat va shifokor
янв.21
Dasturlar — deputatlar e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari va hokimlik vakillari aholi muammolarini o‘rganmoqda
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat va yoshlar muloqoti:
янв.21
SESSIYA
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining «Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ-415-son) ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Butayev
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va hududlardagi dolzarb masalalarni tezkor hal etish maqsadida “O‘smat” MFY binosida saylovchilar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
ALPOMISH MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI VA HUDUDIY MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA

Ana shunday o‘rganishlar doirasida Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda bosh mutaxassis R.Mamashukurov tomonidan “Alpomish” mahallasi hududida nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.

O‘rganish davomida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan ijro organlari vakillari bilan birgalikda hududdagi mavjud muammolar, infratuzilma obyektlarining holati hamda obodonlashtirish ishlari tahlil qilindi.

Xususan, mahalla hududidagi ichki yo‘llarning holati, piyodalar harakati uchun yaratilgan sharoitlar, ta’mirtalab uchastkalar hamda hududni obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, elektr energiyasi ta’minotining muhim bo‘g‘ini hisoblangan transformator punktlari va ularning atrofi o‘rganilib, sanitariya holati, xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda hududlarni tartibli saqlash masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Nazorat tadbiri davomida fuqarolar tomonidan deputatlarning murojaatlar daftariga kiritilgan masalalar ijrosi ham o‘rganildi. Aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda zarur choralar ko‘rish, ayrim masalalar bo‘yicha esa deputatlik nazorati va deputatlik so‘rovlari mexanizmlaridan foydalanish belgilab olindi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan sessiyalarda ko‘rib chiqiladigan masalalarni joylarda chuqur tahlil qilish, hududlardagi muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Mahallalarda obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish, infratuzilma obyektlarini soz holatda saqlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish masalalari doimiy nazoratda.

Slide 1 of 4