Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat va shifokor
янв.21
Dasturlar — deputatlar e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari va hokimlik vakillari aholi muammolarini o‘rganmoqda
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat va yoshlar muloqoti:
янв.21
SESSIYA
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining «Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ-415-son) ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Butayev
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va hududlardagi dolzarb masalalarni tezkor hal etish maqsadida “O‘smat” MFY binosida saylovchilar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
SESSIYA OLDI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVDA DEPUTAT TOMONIDAN AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR TA’MINLANDI

Parkent tumani “Qayilma” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘lining aholi bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi.Uchrashuv davomida deputat fuqarolarni navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar bilan tanishtirib, ushbu yo‘nalishlarda olib borilgan o‘rganishlar natijalari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, saylov okrugi hududida istiqomat qilayotgan aholini mavjud muammo va takliflari yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirishga chaqirdi.Tadbirda Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna, Parkent tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari B. Gulto‘rayev, Parkent tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari J. Tojiboyev hamda okrug tarkibiga kiruvchi “Bog‘bon” va “Qayilma” mahallalari yettiligi vakillari ishtirok etib, fuqarolar murojaatlari yuzasidan zarur tushuntirish va ma’lumotlar berdilar.Muloqot
jarayonida aholi tomonidan kommunal xizmatlar sifatini oshirish, 34-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 450 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish, mahalla hududida dorixona tashkil etish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.Fuqarolar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar batafsil muhokama qilinib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.Jumladan,“Qayilma” MFY hududida joylashgan 34-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun 450 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish masalasi navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi hamda mas’ul rahbarlarga deputatlik nazorati
tartibida savollar kiritilishi belgilandi. Mazkur murojaat deputat nazoratiga olindi.Shuningdek,har bir murojaat yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni ko‘rib chiqish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.Bunday uchrashuvlar fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
  

Slide 1 of 7