Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Kotibiyat mudiri O‘.Rajabov "Guliston" mahallasida: Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi

Kotibiyat mudiri O‘.Rajabov "Guliston" mahallasida: Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov "Guliston" mahallasi fuqarolarining murojaatlarini joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rgandi.

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, xalqning dardu tashvishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida kotibiyat mudiri tomonidan mahalla ahli bilan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat alohida nazoratga olindi.

Uchrashuvda aholini qiynayotgan quyidagi masalalarga asosiy e’tibor qaratildi:

Ichki yo‘llarni ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash;

Elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta’minoti;

Kotibiyat mudiri O‘.Rajabov har bir murojaat ortida inson taqdiri va muammosi turganini ta’kidlab, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyatiga joyida huquqiy va amaliy yechim topdi.

Muddat talab qiladigan qo‘shimcha muammolar bo‘yicha esa chora-tadbirlar belgilanib, tuman Kengashi kotibiyati tomonidan ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Xalq bilan doimiy va ochiq muloqotni ta’minlash, hududlardagi muammolarni tizimli hal etish choralari davom ettirilmoqda.