MANFAATLAR TO‘QNASHUVINING OLDINI OLISH — SHAFFOF BOSHQARUV VA HALOLLIK GAROVI
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun talablarining ijrosi yuzasidan monitoring va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🔍 O‘rganishlar davomida davlat boshqaruvi tizimida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish hamda qonunchilik talablariga rioya etilish holatlari atroflicha tahlil qilinmoqda.
📌 Xususan:
✅ manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish ishlari;
✅ tashkilotlarda ichki nazorat mexanizmlarining samaradorligi;
✅ mansabdor shaxslar va xodimlarning qonunchilikda belgilangan majburiyatlarga amal qilishi;
✅ manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan holatlarda uni ma’lum qilish va tartibga solish amaliyoti;
✅ qabul qilinayotgan qarorlarning xolisligi, qonuniyligi va shaffofligi;
✅ korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan choralar o‘rganilmoqda.
📋 Monitoring natijalari asosida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, qonun ijrosini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilanishi rejalashtirilgan.
🤝 Ushbu o‘rganishlar davlat boshqaruvi tizimida ochiqlik, halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish hamda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qiladi.
📢 Qonun ustuvorligi, ochiqlik va xolislik — samarali davlat boshqaruvining muhim mezonidir.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi