Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat va shifokor
янв.21
Dasturlar — deputatlar e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari va hokimlik vakillari aholi muammolarini o‘rganmoqda
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat va yoshlar muloqoti:
янв.21
SESSIYA
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining «Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ-415-son) ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Butayev
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va hududlardagi dolzarb masalalarni tezkor hal etish maqsadida “O‘smat” MFY binosida saylovchilar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
📌 Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D.Xasanova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Yangiobod mahallasida fuqaro D.Jumaniyazovning og‘zaki murojaati asosida joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi.

🔍 O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘RQ-362-II-son Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirildi.

♻️ Murojaatda mahalla hududidagi qattiq maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmayotgani yuzasidan muammo ko‘tarilgan.

📍“Eko Klaster” MCHJ rahbari E.Achilov bilan bog‘lanildi hamda masalani bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

🚛 Natijada mahallada to‘planib qolgan maishiy chiqindilar olinib, fuqaro murojaatida ko‘rsatilgan muammo ijobiy hal etildi.

✅ Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda hududlarda mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.