Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

 Joriy yilning 12-may kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida haftalik tahliliy yig‘ilish Zoom platformasi orqali o‘tkazildi.
Sessiyalar jarayoni va sessiya ma'lumotlari, qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi, deputatlarning faolligi hamda kotibiyatlarning ijro intizomi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, ayrim hududlarda faoliyat natijalarini aholiga yetkazishda sustkashliklar kuzatilgani qayd etildi.
Bu borada axborot siyosatini kuchaytirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali faoliyatni muntazam yoritib borish, shuningdek kotibiyatlar ishini tizimli ravishda nazorat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2