Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

DEPUTATLIK NAZORATI

O‘rganish jarayonida maktab hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining holati, ichimlik suvi, elektr energiyasi hamda yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish, o‘quvchilar uchun zamonaviy hamda xavfsiz ta’lim muhitini yaratish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Aniqlangan ayrim kamchilik va muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 5