Жаңалықлар

Lalmikor mahallasida yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida infratuzilma ishlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-153-sonli qaror asosida yoshlarga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, dehqonchilikda zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish hamda yuqori hosildorlik orqali daromadni oshirish borasida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, Zarbdor tumani Lalmikor mahallasida ekin maydonlarini sug‘orish uchun suv quduqlari qazish hamda ularni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida elektr temir-beton ustunlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur jarayon 2026-yil 8-maydagi VII-27-79-3-49-K/26-sonli tuman Kengashi qarori ijrosi yuzasidan 7-Lalmikor saylov okrugi deputati I.Allayarov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Slide 1 of 6