Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Maktab sport zallari holati o‘rganildi

Maktab sport zallari holati o‘rganildi

Tumandagi 15-sonli umumta’lim maktabining sport zallari, ulardagi sport anjomlari mavjudligi hamda jihozlarning holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Nuraliyev tomonidan olib borilgan o‘rganish davomida sport zallarida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilar uchun mavjud sport jihozlari va ulardan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sport anjomlarini yangilash, ularni saqlash holati hamda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda sport infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3