Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputat faoliyatidan

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Zamira Saparovna Rahimova Shixobod mahallasida bo‘lib, hududda sanitariya va ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganilib, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish hamda kommunal xizmatlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Ushbu tashrif xalq manfaatlarini himoya qilish, mahallalarda ekologik madaniyatni yuksaltirish va “Toza hudud — sog‘lom jamiyat” tamoyilini amalda ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

 

Slide 1 of 1