Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputat mahallada MTMlarda OZIQ-OVQAT SIFATI VA TA’MINOTI DEPUTAT NAZORATIDA

 MTMlarda OZIQ-OVQAT SIFATI VA
TA’MINOTI DEPUTAT NAZORATIDA
 

12-Saidobod saylov okrugi
deputati, Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zosi N.Ubaydullayeva
tomonidan hududdagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (MTT) bolajonlar uchun
yaratilgan shart-sharoitlar va ta’minot masalalari yuzasidan o‘rganish
o‘tkazildi.
 

Deputatlik nazorati davomida
asosiy e’tibor quyidagi jihatlarga qaratildi:
 

· Mahsulotlar sifati: Bolalar taomnomasiga kiritilgan oziq-ovqat
mahsulotlarining sifat darajasi va saqlash sharoitlari ko‘zdan kechirildi.
 

· Yetkazib berish vaqti: Ta’minotchi korxonalar tomonidan mahsulotlarning
belgilangan grafik asosida, o‘z vaqtida olib kelinish jarayoni tahlil qilindi.
 

· Sanitariya holati: Oshxona va omborxonalarning gigiyena talablariga
muvofiqligi tekshirildi.
 

O‘rganish yakunida aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etish va oziq-ovqat xavfsizligini doimiy ta’minlash
bo‘yicha muassasa mas’ullariga tegishli tavsiyalar berildi. Bolajonlar
salomatligi va ularning sifatli ovqatlanishi deputatlik nazoratining doimiy markazida
bo‘lib qoladi.
Telegram (http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook (https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ 

Slide 1 of 3