O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan deputat tuman tibbiyot birlashmasi poliklinikasida bo‘ldi.
➡️Tashrif davomida poliklinikada fuqarolarga bepul berilayotgan dori vositalari ta’minoti, ularning saqlanish holati, aholiga tarqatish tizimi hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
➡️Shuningdek, mas’ul mutaxassislar va muassasa rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda bepul dori vositalari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
✔️Deputatlar tomonidan hududlarda ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish, aholining murojaatlarini tinglash va mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.