Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

FUQARO MUROJAATI AMALIY YECHIMINI TOPDI

Uchrashuv davomida 1-guruh nogironi Xo‘jamurodov Yuldosh tomonidan uy-joyini ta’mirlab berish bo‘yicha murojaat bildirildi.
Mazkur murojaat mas’ullar tomonidan o‘rganilib, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yo‘naltirildi.

Natijada markaz tomonidan fuqaroning uyida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Jumladan, uyning tom qismi shifer bilan yopildi, devorlari fasad qilindi, oshxona va yuvinish xonasi ta’mirlandi, shuningdek, deraza va eshiklari yangidan o‘rnatib berildi.

Aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularni tezkor hal etish ijtimoiy adolatni ta’minlashning muhim omilidir.

Slide 1 of 4