Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman deputati X. Jo‘raxolov hamda “Madaniyat” mahallasi Inson ijtimoiy himoya xodimi F. Xudoyqulov tomonidan “Madaniyat” mahallasining “Kelajak” ko‘chasida istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi M. Axunov xonadoniga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida fuqaroning holati va yashash sharoiti o‘rganilib, unga zarur ijtimoiy ko‘maklar ko‘rsatildi. Jumladan, foydalanish muddati tugagan nogironlik aravachasi yangisiga almashtirilib, fuqaroning harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratildi.

Bunday amaliy yordamlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3