Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Mahallalarda obodonchilik ishlari ko‘zdan kechirilmoqda
янв.21
“Novqa” MFYda pillachilik bilan shug‘ullanayotgan xonadonlar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
📖 Kitob — bilim manbai, deputat o‘quvchilar bilan uchrashdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a'zolari faoliyati to'g'risida
янв.21
Yoshlar muammolari — doimiy e’tiborda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMAN KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI ANONSI
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
YOSHLARNING BO'SH VAQTINI MAZMUNLI O'TKAZISH MAQSADIDA  SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI.
янв.21
YOSHLARNING BO'SH VAQTINI MAZMUNLI O'TKAZISH MAQSADIDA YUGIRISH MARAFONI O‘TKAZILDI.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

📌 Yig‘ilish kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
🔹 Shovot tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish;
🔹 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalalari.
💰 Shuningdek, Shovot tumani budjetining yil boshida aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lari 1-ilovaga muvofiq 132,7 million (bir yuz o‘ttiz ikki million yetti yuz ming) so‘m, Shovot tumani 2026-yil 1-chorak hisobot yakuni bo‘yicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan 2-ilovaga muvofiq 2 422,5 million (ikki milliard to‘rt yuz yigirma ikki million besh yuz ming) so‘m mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi takliflar ma’qullandi.
⚽️ Yig‘ilish davomida tumanda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish hamda yoshlarni sportga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Shovot tumani “Shohobod” futbol klubining futbol bo‘yicha Ikkinchi liga musobaqalaridagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash masalasi muhokama qilindi.
💰 Muhokamalar yakuniga ko‘ra, mazkur maqsadlar uchun tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 62 million so‘m mablag‘ ajratish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.
🤝 Ushbu mablag‘lar sportchilarning musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlash, tashkiliy xarajatlarni qoplash hamda ishtirokchilarni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
✨ Yig‘ilishda hududda sportni rivojlantirish va yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish ustuvor vazifalardan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 3