Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Novqa” MFYda pillachilik bilan shug‘ullanayotgan xonadonlar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
📖 Kitob — bilim manbai, deputat o‘quvchilar bilan uchrashdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a'zolari faoliyati to'g'risida
янв.21
Yoshlar muammolari — doimiy e’tiborda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMAN KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI ANONSI
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
YOSHLARNING BO'SH VAQTINI MAZMUNLI O'TKAZISH MAQSADIDA  SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI.
янв.21
YOSHLARNING BO'SH VAQTINI MAZMUNLI O'TKAZISH MAQSADIDA YUGIRISH MARAFONI O‘TKAZILDI.
янв.21
9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Oyqor mahallasida istiqomat qiluvchi 105 yoshli onaxon Xasanova Xadicha holidan xabar olindi.
Bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashining 6-“Yoshlik” saylov okrugidan deputati Allayotov Soburjon Baxtiyorovich tomonidan “Yoshlik” mahallasida hokim yordamchisining faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish hamda imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, mahalla hokim yordamchisi tomonidan oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 16 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.

Ajratilgan kreditlar asosida 2 nafar fuqaro chorvachilik faoliyatini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lgan bo‘lsa, xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat boshlash uchun 8 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratilgan. Shuningdek, mahalladagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish orqali ularning bandligini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

O‘rganish jarayonida mahallada jami 6 ta mikroloyiha ishga tushirilgani hamda 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida 31 ta yangi ish o‘rni yaratilgani aniqlandi. Mazkur loyihalar hudud aholisining daromadini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va yangi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, mahalla hokim yordamchisi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va faollar bilan hamkorlikda ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish hamda mahallada tadbirkorlik muhitini yanada kengaytirish borasida samarali ishlar olib borilayotgani alohida qayd etildi.

Yakunda hududda bandlikni ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. 

Slide 1 of 1