Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🔰9 may — Xotira va qadrlash kuni.

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati, shahar hokimi K.Xolmurodov shahardagi 21-sonli umumtaʼlim maktabida 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan vatandoshlarimiz jasoratini eslash, shuningdek, el-yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlash yo‘lida aziz jonlarini qurbon qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat va ehtirom ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.

Ushbu tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va o‘tganlar xotirasini yod etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4