Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.

   Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi 13-birlashgan saylov okrugi deputati B.Nabiev tomonidan Birlashgan MFY, Hamza ko‘chasi 24-uyda yashovchi Xoljigitova Mamlakatning murojaati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Hamza ko‘chasi 23-uyda yashovchi O‘rolov Eson, M.Xoljigitovaning hududiga siljib kirganligi aniqlandi.
Deputat tashabbusi bilan tuman kadastr xodimlari jalb etilib, yer maydonlari aniq o‘lchab berildi.
Natijada murojaat ijobiy hal etilib, kadastr xodimlari tomonidan qonuniy tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Slide 1 of 3