O‘rganish jarayonida Jahon taraqqiyot banki loyihasi doirasida hududda amalga oshirilgan tashabbuslar, xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ajratilgan imtiyozli ko‘maklarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni (№ O‘RQ-327, 2012-yil 26-aprel) ijrosi doirasida mahallada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.
Loyiha asosida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va muammolari tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Deputat tomonidan hududda xotin-qizlar bandligini oshirish, oilalar daromadini ko‘paytirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.