Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat va soha mutaxassislari mahallada
янв.21
"Oʻrmonchi" mahallasida obodonlashtirish ishlari qizgʻin pallada
янв.21
“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi (amalga oshirilishi) to’g’risida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Baxmal tumanida mahalla faollari yoshlar bilan muloqot oʻtkazildi
янв.21
Yoshlar muammolari — doimiy e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan saylovchilar oldida axborot berildi.
янв.21
Deputat va yoshlar yetakchilari muloqoti
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA HAMKORLIK MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Baxmal tumanidagi "Usmat dehqon bozori"da oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligi o‘rganildi.
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyat mudiri D. Valieva hamda tuman deputatlari bilan birgalikda “Iftixor” mahalla fuqarolar yig‘inida ayollar bandligini ta’minlash masalasi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordilar

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyat mudiri D. Valieva hamda tuman deputatlari bilan birgalikda “Iftixor” mahalla fuqarolar yig‘inida ayollar bandligini ta’minlash masalasi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordilar.

🗓️O‘rganish jarayonida mahallada yashovchi xotin-qizlarning bandlik holati, ularni doimiy ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, ishsiz ayollarni aniqlash, ularning qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib, munosib ish o‘rinlari yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✨Tadbir davomida mahalla “yettiligi”, mutasaddi tashkilotlar va faollar bilan muloqot o‘tkazilib, ayollar bandligini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammo va kamchiliklar muhokama qilindi. Xususan, kasb-hunar o‘rganishga ehtiyoj, imtiyozli kreditlar ajratish, uy sharoitida mehnat qilish imkoniyatlarini kengaytirish kabi masalalar ko‘tarildi.

⌛Shuningdek, ayollarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularga amaliy ko‘mak berish, yangi ish o‘rinlari yaratish va daromad manbalarini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Slide 1 of 3