Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat va yoshlar muloqoti:
янв.21
SESSIYA
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining «Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ-415-son) ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Butayev
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va hududlardagi dolzarb masalalarni tezkor hal etish maqsadida “O‘smat” MFY binosida saylovchilar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda aholini qiynayotgan kommunal muammolarni hal etish мақсадида "Deputatlik nazorati" mexanizmlaridan samarali foydalanilmoqda.
янв.21
sessiya
янв.21
sessiya
Murojaat e’tiborsiz qolmaydi: “Yangi kuch” mahallasidagi ichimlik suvi masalasi nazoratga olindi

Murojaat e’tiborsiz qolmaydi: “Yangi kuch” mahallasidagi ichimlik suvi masalasi nazoratga olindi

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda “Yangi kuch” mahallasi, “Yangi kuch madaniyati” ko‘chasi aholisidan bir necha bor takroriy murojaatlar tushdi. Mazkur ko‘chada yashovchi fuqarolarimiz uzoq vaqtdan buyon toza ichimlik suvi muammosidan qiynalib kelishmoqda

Inson hayoti uchun eng zarur bo‘lgan ushbu masala bo‘yicha deputatlik vakolatim doirasida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda quyidagilar talab qilindi:

✅ Suv tarmog‘ini tortish bo‘yicha loyiha muddatlarini aniqlash;

✅ Joriy yilgi dasturlarga ushbu ko‘chani kiritish;

✅ Muammoning amaliy yechimi bo‘yicha aniq muddatlarni belgilash.

Xalqning ishonchi — biz uchun eng oliy mukofot. Masala to‘liq yechimini topgunga qadar nazoratimizda bo‘ladi.