Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Жамоатчилик маслаҳат кенгаши фаолиятидан.
янв.21
Косонсой тумандаги ДМТТ лар фаолияти депутатлар назоратида.
янв.21
“Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida Mustaqillik bayrami va Birinchi qo'ng'iroq «Bilimlar kuni»
янв.21
Сиёсий партиялар ҳамкорлиги.
янв.21
Косонсой туманида ўтказилган тадбир тавсилотлари
янв.21
маҳаллаларда хавфсиз муҳитни яратиш ва ҳуқуқбузарликни барвақт олдини олиш бўйича маҳалла раислари, профилактика инспектори билан семинар мулоқот ўтказилди
янв.21
ЎзЛиДеП партияси хотин - қизлар бўлими билан ҳамкорликда иш олиб бормоқда.
янв.21
Доимий комиссия қўшма йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Косонсойдаги "Муғ қалъаси" тобора ўз сирларини очиб бормоқда.
янв.21
Олий Мажлис қонунчилик палатаси депутатлари билан ҳамкорликдаги ишлар
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI

SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari shahar kengashining navbatdagi 8- sessiyasi o‘tkazildi. Unda hokim o‘rinbosarlari, deputatlar, tegishli tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiya ishida 6 ta masala muhokama qilindi.

Dastlab, deputatlar Kattaqo‘rg‘on shahrida 2025-yil “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tanlangan mahallalarda elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishini yaxshilash hamda ichki yo‘llarni ta’mirlash yo‘nalishi bo‘yicha dasturga kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish va ma’qullash haqidagi hamda Kattaqo‘rg‘on shahrida “Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, xizmat va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshiriladigan drayver loyihalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va ma’qullash haqidagi qarorlarni tasdiqladilar.

Shundan so‘ng O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 13-21-maqsadlar hamda aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish, irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish, Onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta’minlash, tez tibbiy yordam, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida shahar tibbiyot birlashmasida amalga oshirilgan ishlarning hisoboti tinglandi.

Shuningdek, sessiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” KQ-35-V-son qarori to‘g‘risidagi, Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 2023-yil 28-dekabrdagi “Kattaqo‘rg‘on shahrining 2024-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-85-120-7-106-K/23-sonli qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi hamda Kattaqo‘rg‘on shahar mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qarorlari tasdiqlandi.

Shuning bilan sessiya o‘z ishini yakunladi. 

Slide 1 of 7