Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Жамоатчилик маслаҳат кенгаши фаолиятидан.
янв.21
Косонсой тумандаги ДМТТ лар фаолияти депутатлар назоратида.
янв.21
“Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida Mustaqillik bayrami va Birinchi qo'ng'iroq «Bilimlar kuni»
янв.21
Сиёсий партиялар ҳамкорлиги.
янв.21
Косонсой туманида ўтказилган тадбир тавсилотлари
янв.21
маҳаллаларда хавфсиз муҳитни яратиш ва ҳуқуқбузарликни барвақт олдини олиш бўйича маҳалла раислари, профилактика инспектори билан семинар мулоқот ўтказилди
янв.21
ЎзЛиДеП партияси хотин - қизлар бўлими билан ҳамкорликда иш олиб бормоқда.
янв.21
Доимий комиссия қўшма йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Косонсойдаги "Муғ қалъаси" тобора ўз сирларини очиб бормоқда.
янв.21
Олий Мажлис қонунчилик палатаси депутатлари билан ҳамкорликдаги ишлар
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

Xalq bilan muloqot hayotdagi muammolarni oydinlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi
to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. 

Termiz shahridagi “Adbulla Avloniy” mahallasida xalq deputati shahar Kengashi deputati D.Normuradova saylovchilar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi. 

Ushrashuvda deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy
Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori hamda Surxondaryo viloyatidan saylangan Senatorlar, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari, hokimliklar, mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillari, tadbirkorlar hamda agroklaster egalarining vohamiz aholisiga "Viloyatimizning har bir go‘shasini bunyodkorlik va obodlik
maskaniga aylantirishda barchamiz munosib hissa qo‘shaylik!" mavzusidagi murojaatining mazmun-mohiyatini tushuntirib mahalla hududini rivojlantirish aholi muammоlаriпi samarali hal etishda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta’minlash, madaniy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha mahallada sog'lom ijtimoiy-ma'naviy muhitni saqlash, milliy qadriyatlarni targ'ib qilish, madaniy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuv so‘ngida hududda mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib, fuqarolar murojaatlari tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.