DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI:
Jarqo‘rg‘on tumani mahalliy budjetining 2024-yil III chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi mablag‘larini maqsadli ishlatilishi, Jarqo‘rg‘on tumanida 2024-yil III-chorakda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limining hisoboti Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ”da tinglanib, doimiy komissiya raisi hamda a’zolari tomonidan savol va takliflar bildirilib xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tasdiqlash uchun kiritildi.
✍️Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi