Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari M.Raximov, N.Kiyamov va M.Umirova hududlardagi olib borilayotgan ishlar ko‘lami, mahallalar faoliyati bilan yaqindan tanishish munosabati bilan Ishtixon tumanidagi “Ko‘ktepa”, “Yo‘g‘ontepa” va “Shayxlar” mahallalarida bo‘lishdi. Mahalla fuqarolarini qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolar bilan yaqindan tanishishdi. Ushbu hududlarda tez kunlarda mutasaddilar bilan deputatning bir kunlik “Sayyor qabuli”ni tashkil etishga kelishib olindi.