Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар ва маҳалла ҳамкорлиги
янв.21
Вилоят, туман депутатлари - Маҳаллада.
янв.21
Депутат Сайёр қабулда.
янв.21
Сиёсий партиялар ҳамкорлиги.
янв.21
Халқ депутатлари Косонсой туман Кеенгашининг бешинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
🔰 3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni
янв.21
I. Халқ депутатлари Косонсой тумани Кенгашининг “Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича” бўйича доимий комиссияси янги таркиби йиғилиши бўлиб ўтди
янв.21
Косонсой тумани ИИБ бошлиғи 3-сектор рахбари Р.Р.Каримов ҳамда Халқ депутатлари Косонсой туман Кенгаши котибияти мудирининг навбатдаги сайёр қабули бўлиб ўтди.
янв.21
Депутат маҳаллада
янв.21
Депутат аҳоли мурожаатларини ўрганмоқда.
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya ishida xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati xodimlari, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sherzod Salixov raislik qildi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

1. Chinoz tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan mahalliy byudjetining 2024-yilning 3-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan foydalanish va tumani mahalliy byudjetining 9 oylik ijrosi hamda mahalliy byudjet xarajatlari va daromadlari yoyilmasiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Mirkamol Miryusupovning axboroti eshitildi.

2. Chinoz tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida joriy yilning yanvar-noyabr oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Chinoz tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Rustamjon Pardayevning hisoboti eshitildi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Abduvoxid Turdiboyev , Asqar Baxramov, Davron Teshaboyev, Muqim Erxo‘jayev, Elyorjon Saidovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov

Slide 1 of 5