Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар ва маҳалла ҳамкорлиги
янв.21
Вилоят, туман депутатлари - Маҳаллада.
янв.21
Депутат Сайёр қабулда.
янв.21
Сиёсий партиялар ҳамкорлиги.
янв.21
Халқ депутатлари Косонсой туман Кеенгашининг бешинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
🔰 3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni
янв.21
I. Халқ депутатлари Косонсой тумани Кенгашининг “Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича” бўйича доимий комиссияси янги таркиби йиғилиши бўлиб ўтди
янв.21
Косонсой тумани ИИБ бошлиғи 3-сектор рахбари Р.Р.Каримов ҳамда Халқ депутатлари Косонсой туман Кенгаши котибияти мудирининг навбатдаги сайёр қабули бўлиб ўтди.
янв.21
Депутат маҳаллада
янв.21
Депутат аҳоли мурожаатларини ўрганмоқда.
🔵 Sessiyada tuman hokimi nomzodi tasdiqlandi

Xalq deputatlari Bulung`ur tuman Kengashining yettinchi chaqiriqdagi birinchi sessiyasi o`tkazildi. Sessiyani Bulung`ur tuman saylov komissiyasi raisi O.Sattarov olib bordi.

Komissiya raisi dastlab joriy yilning 27-oktyabr kuni bo`lib o`tgan mahalliy Kengash deputatlari saylov natijalari haqida ma'lumot berdi.

Shundan so`ng xalq deputatlari Bulung`ur tuman Kengashiga saylangan deputatlarining siyosiy partiyalar guruhlarini ro`yxatga olish, xalq deputatlari tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar haqidagi Nizomni tasdiqlash to`g`risidagi qarorlari qabul qilindi.

Sessiyada viloyat hokimining tuman hokimini tayinlash to`g`risidagi qarorini tasdiqlash masalasi ham ko`rib chiqildi. Viloyat hokimi tomonidan tavsiya etilgan S.Astonov nomzodi deputatlar tomonidan bir ovozdan ma'qullandi.

Tuman hokimi lavozimiga nomzod Samandar Astonov tomonidan deputatlarga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga mo`ljallangan o`z dasturini taqdim etdi. O`n yo`nalishdan iborat dasturda tuman hayotining barcha jabhalari qamrab olingan. 2025-2029-yillarda amalga oshiriladigan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Partiyalar deputatlik guruhlari vakillari nomidan tuman Nuroniy jamg`armasi raisi O.Ahmedov, "Istiqlol" MFY raisi H.Hakimova va 2-umumta'lim maktabi direktori X.Bozorovlar nomzod yuzasidan o`z fikr mulohazalarini bildirib, nomzodni qo`llab-quvvatlashini bildirdilar.

Sessiyada Astonov Samandar Mustafaqulovich Bulung`ur tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Sessiya ishida Samarqand viloyat hokim o`rinbosari Akmal Shukurov ishtirok etdi.

Ulaning va ulashing: Batafsil

https://t.me/Bulungur_kengash/448