Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlik mahallasidagi ichimlik suvi muammosi deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 1-Bahoriston saylov okrugida deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi H. Sharipov tomonidan hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar hamda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Mahalliy budjet daromadlari va soliq tushumlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni puxta va har tomonlama ko‘rib chiqish maqsadida tegishli nazorat-o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 22-Obod saylov okrugidan saylangan deputati I.Murodov tomonidan 665-sonli qaror ijrosi yuzasidan nazorat-o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Valiyeva tomonidan aholi murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi 👥 Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Valiyeva tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. 🤝 Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, ichki yo‘llarni ta’mirlash, bandlik, ijtimoiy yordam, kommunal xizmatlar sifati, kadastr va yer masalalari, sog‘liqni saqlash hamda boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan murojaatlar va takliflar bildirildi. Har bir murojaat yuzasidan fuqarolar bilan batafsil suhbat o‘tkazilib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi. Qabul davomida ayrim masalalarga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi, tezkor hal etilishi mumkin bo‘lgan murojaatlar joyida ijobiy yechim topdi. Qo‘shimcha o‘rganish va mutasaddi tashkilotlar ishtirokini talab etadigan murojaatlar esa tegishli idoralarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 22-Obod saylov okrugidan saylangan deputati Ismoilxon Murodov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi H. Sharipov tomonidan Do‘stlik mahallasida faoliyat yuritayotgan 41- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ–595-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi. 👨‍💼 O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etilishi, tarbiyalanuvchilarga sifatli ta’lim va tarbiya berish, ularning intellektual, jismoniy hamda ma’naviy rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, muassasalarda bolalarning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishini ta’minlash, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va ovqatlantirish tizimi, tibbiy xizmat ko‘rsatish, pedagog xodimlarning faoliyati hamda mashg‘ulotlarning davlat ta’lim standartlari asosida olib borilishi holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida guruh xonalari, o‘quv va o‘yin maydonchalari, moddiy-texnik baza, o‘quv-metodik ta’minot, tarbiyalanuvchilarning davomat ko‘rsatkichlari hamda ota-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi deputatlari G.Abdurahmonov hamda N.Ismoilova tomonidan aholi murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
📍 SHOVOT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI O‘RGANILDI

🔹 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri
Masharipov Izzat Masharipovich

🔹 Tuman Kengashi deputati
Qo‘shnazarov Dilmurod Dilshod o‘g‘li

hamkorligida “Xorazm suv ta’minoti” AJ Shovot tumani bo‘limiga qarashli “Madaniyat” suv tarqatish inshooti faoliyati o‘rganildi.

🎯 O‘rganishning asosiy maqsadi:
✅ Aholiga sifatli va uzluksiz ichimlik suvi yetkazib berilishi
✅ Suv tarqatish inshootining sanitariya holatini ko‘zdan kechirish

🏘 Xizmat ko‘rsatilayotgan mahallalar:

• Madaniyat
• Ijtimoiyat
• Po‘lat
• Beshchiqir
• Chig‘atoy

📊 Natija:

💧 Barcha mahalla xonadonlari ichimlik suvi tarmog‘iga ulanganligi aniqlandi.

🤝 Aholini toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi ishlar doimiy nazoratda.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram | Web-sayt | Facebook | You tube

Slide 1 of 8