Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT OILA POLIKLINIKASIDAGI MAVJUD HOLAT BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN EKOLOGIK MUAMMO JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya
янв.21
Kosonsoy tumanida “Dolzarb 90 kun” dasturi va yozgi ta’til tadbirlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
SAYYOR QABULDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
янв.21
Istiqlol” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi 4-Istiqlol saylov okrugi deputati D.Tojiboyev tomonidan tumandagi “Istiqlol” mahallasi hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi.
янв.21
AHOLI MUROJAATI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 17-Bog‘ishamol saylov okrugidan saylangan deputati Muzaffar Alimxanov tomonidan Bog‘ishamol mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Uchtepa tumanida zamonaviy Farhod mahallasi binosi foydalanishga topshirildi

Uchtepa tumanida zamonaviy Farhod mahallasi binosi foydalanishga topshirildi

✅ Mamlakatimizda mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash, fuqarolarga qulay sharoitlar yaratish hamda mahallalarda samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

🗂 Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF–5938-son Farmoni hamda PQ–4602-son qarori, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari ijrosi doirasida mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish va “Mahalla yettiligi” faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔼 Ana shunday ezgu ishlarning amaliy natijasi sifatida Uchtepa tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida bunyod etilgan zamonaviy Farhod mahallasi binosi foydalanishga topshirildi.

🇺🇿 Tantanali tadbirda O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Ismanov Jafar Xojimuratovich, tuman IIO FMB boshlig‘i Baxramov Akmal Abdulxayevich, tuman hokimining o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

📈 Yangi mahalla binosida fuqarolarni qabul qilish, murojaatlar bilan ishlash, yoshlar, xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari bilan manzilli ishlash uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Binoda zamonaviy jihozlangan xizmat xonalari, yig‘ilishlar o‘tkazish uchun qulay majlis zali hamda mahalla faollari faoliyat yuritishi uchun zarur infratuzilma tashkil etilgan.

📇 Bugungi kunda mahallalarda faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” — mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektorlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlarni yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy mahalla binolari ushbu tizim vakillarining aholi bilan yanada yaqin va samarali ishlashiga xizmat qilmoqda.

🗣 Tadbir davomida mahallada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, aholiga yaratilgan qulayliklar hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, bunday zamonaviy mahalla binolari aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, murojaatlarni tezkor hal etish va mahalla tizimining samaradorligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

↗️ Yangi Farhod mahallasi binosining foydalanishga topshirilishi mahalla institutini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning farovonligini ta’minlash va hududlarni obod etish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Slide 1 of 5