Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT OILA POLIKLINIKASIDAGI MAVJUD HOLAT BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN EKOLOGIK MUAMMO JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya
янв.21
Kosonsoy tumanida “Dolzarb 90 kun” dasturi va yozgi ta’til tadbirlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
SAYYOR QABULDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
янв.21
Istiqlol” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi 4-Istiqlol saylov okrugi deputati D.Tojiboyev tomonidan tumandagi “Istiqlol” mahallasi hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi.
янв.21
AHOLI MUROJAATI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 17-Bog‘ishamol saylov okrugidan saylangan deputati Muzaffar Alimxanov tomonidan Bog‘ishamol mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.

Muloqot davomida yoshlarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Xususan, ta’lim olish imkoniyatlari, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv samimiy va ochiq ruhda kechib, yoshlar o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bildirilgan murojaat va takliflar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi.

Yoshlar — yurtimiz kelajagi. Ularning fikri, tashabbusi va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, muammolariga yechim topish har doim e’tibor markazida bo‘lib qoladi.

✨ Ochiq muloqotlar yoshlar va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3