Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT OILA POLIKLINIKASIDAGI MAVJUD HOLAT BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN EKOLOGIK MUAMMO JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATI O‘RGANILDI
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya
янв.21
Kosonsoy tumanida “Dolzarb 90 kun” dasturi va yozgi ta’til tadbirlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
SAYYOR QABULDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
янв.21
Istiqlol” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi 4-Istiqlol saylov okrugi deputati D.Tojiboyev tomonidan tumandagi “Istiqlol” mahallasi hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi.
янв.21
AHOLI MUROJAATI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 17-Bog‘ishamol saylov okrugidan saylangan deputati Muzaffar Alimxanov tomonidan Bog‘ishamol mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVI SESSIYASI CHAQIRILADI

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisining 2026-yil 5-iyundagi 11-12-177-KF/26-sonli farmoyishiga asosan Kengashning yettinchi chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasi 2026-yil 9-iyun kuni soat 15:00 da tuman hokimligi binosining majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
📋 Sessiya kun tartibidagi masalalar:
🔹 Shovot tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;
🔹 Shovot tumanida aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish bo‘yicha Qarshi shahri tajribasi asosida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
🔹 Shovot tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Dilshod Raximovich Abdullayevning tumanning 2026-yil I chorak mahalliy budjeti ijrosi yuzasidan hisoboti;
🔹 Shovot tumanida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish hamda mablag‘ ajratish masalasi;
🔹 Shovot tumani Qunduz mahallasi hududida “Yashil bog‘” tashkil etish to‘g‘risida;
🔹 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida keytering usulida sog‘lom ovqatlantirish tizimi doirasida yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati hamda amalga oshirilgan o‘rganishlar natijalari to‘g‘risida;
🔹 Shovot tumani hokimining sessiyalar oralig‘ida qabul qilgan farmoyishlari to‘g‘risida;
🔹 Shovot tumani “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
Sessiyada tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Sessiya jarayonlarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish va to‘g‘ridan to‘g‘ri onlayn efirga uzatish tavsiya etilgan.