Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi 22-Obod saylov okrugi deputati Ismoilxon Murodov tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
🔰Fuqarolarga berilgan uy-joylar monitoringdan o‘tkazildi
янв.21
Aholiga berilayotgan suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayonida deputat nazorati olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi 4-Istiqlol saylov okrugi deputati Dostonbek Tojiboyev tomonidan hudud aholisining murojaatlari uyma-uy yurib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi deputatlari A.Dadajonov va D.Valiyeva tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xavfsizlik holati hamda ovqatlanish sifati o‘rganilmoqda. Shuningdek, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan ham monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi deputati Alimxonov Muzaffarxon tomonidan kunlik ish rejasiga asosan Bog’ishamol mahallasida infratuzilmani yaxshilash ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
KOSONSOYDA “OILALAR MUSTAHKAMLIGINI KAFOLATLAYLIK!” MAVZUSIDA MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati A.Hamzayev, tuman hokimining birinchi o’rinbosari E.Toshpulatov hamda bozor ma’muriyati tomonidan tumanidagi dehqon bozorida arzonlashtirilgan bozor rastalari ko‘zdan kechirildi.
янв.21
🇺🇿Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi 13-Yangi O‘zbekiston saylov okrugi deputati G‘ofurjon Abdurahmonov tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar faoliyati o‘rganildi.
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati O. Jo‘rayeva tomonidan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
 Jumladan, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida hududdagi ko‘cha yoritgichlari, videokuzatuv vositalari, fuqarolar yig‘ini va mas’ul tashkilotlar hamkorligidagi ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, aholi bilan muloqot o‘tkazilib, xavfsizlikni ta’minlash borasidagi taklif va mulohazalar tinglandi.

Deputat tomonidan PQ–1-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash hamda fuqarolar uchun xavfsiz yashash muhitini yaratish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Aniqlangan masalalar nazoratga olinib, ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash belgilandi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 5