Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi 22-Obod saylov okrugi deputati Ismoilxon Murodov tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
🔰Fuqarolarga berilgan uy-joylar monitoringdan o‘tkazildi
янв.21
Aholiga berilayotgan suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish jarayonida deputat nazorati olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi 4-Istiqlol saylov okrugi deputati Dostonbek Tojiboyev tomonidan hudud aholisining murojaatlari uyma-uy yurib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi deputatlari A.Dadajonov va D.Valiyeva tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xavfsizlik holati hamda ovqatlanish sifati o‘rganilmoqda. Shuningdek, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan ham monitoring ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi deputati Alimxonov Muzaffarxon tomonidan kunlik ish rejasiga asosan Bog’ishamol mahallasida infratuzilmani yaxshilash ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
KOSONSOYDA “OILALAR MUSTAHKAMLIGINI KAFOLATLAYLIK!” MAVZUSIDA MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati A.Hamzayev, tuman hokimining birinchi o’rinbosari E.Toshpulatov hamda bozor ma’muriyati tomonidan tumanidagi dehqon bozorida arzonlashtirilgan bozor rastalari ko‘zdan kechirildi.
янв.21
🇺🇿Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi 13-Yangi O‘zbekiston saylov okrugi deputati G‘ofurjon Abdurahmonov tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
🇺🇿Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi 13-Yangi O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputat Abdurahmonov G’ofurjon tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xavfsizlik holati hamda ovqatlanish sifati o‘rganilmoqda. Shuningdek, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan ham monitoring ishlari olib borildi.
Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!

Barchangizni mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik timsoli bo‘lgan muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman.

Ushbu ulug‘ ayyom insonlarni ezgulikka, bir-biriga yaxshilik qilishga, muhtojlar holidan xabar olishga, oila va jamiyatda mehr-muruvvat muhitini mustahkamlashga chorlaydi. Qurbon hayiti azal-azaldan xalqimiz uchun tinchlik, hamjihatlik, shukronalik va bag‘rikenglik bayrami sifatida qadrlanib kelinadi.

Mazkur qutlug‘ kunlarda har bir xonadonga fayzu baraka, qut-baraka va shodlik kirib kelsin. Yurtimizda doimo tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va farovonlik hukm surishini tilayman.

Keksalarimiz sog‘-salomat bo‘lishsin, yoshlarimizga ulkan zafarlar va baxtli kelajak nasib etsin. Har bir oilada mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va ahillik yanada mustahkam bo‘lsin.
Yaratgan egam barchamizni o‘z panohida asrasin, qilgan duo va ibodatlarimiz, xayru ehsonlarimiz qabul bo‘lsin.

Barchangizni yana bir bor Qurbon hayiti bilan muborakbod etaman!
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! 🌙

Slide 1 of 1